"Barselona" klubi bugun kechqurun "Betis"ga qarshi o'yindan so'ng Xavi Ernandesning bosh murabbiy sifatida iste'foga chiqarilganini e'lon qiladi.
Mundo Deportivo'ning xabar berishicha, "Barselona" Flik yordamidan foydalanib, "Bavariya" yarim himoyachisi Jozua Kimmixni jamoaga qo'shib olmoqchi.
Aynan tayanch pozitsiyasi bu mavsumda "ko'k-anorranglilar"ning zaif tomonlaridan biri bo'ldi va keyingi murabbiy kim bo'lishidan qat'i nazar, bu nuqtani kuchaytirish klub uchun ustuvor vazifa bo'ladi.
Hozircha "Barselona" agar klubning FFP shartlari imkon bersa, Oriol Romeu o'rniga Gido Rodrigesni o'z safiga qo'shishga tayyorlanmoqda.
Ammo Kimmix kataloniyaliklarga bu lavozimda juda yoqadigan yana bir futbolchi va uning shartnomasi 2025 yilda tugaydigan bo'lsa, uni yozda "Bavariya"dan olib ketish unchalik qiyin bo'lmasligi mumkin.
Kimmix Flik “Bavariya” klubida murabbiy bo'lganida ham, Germaniya terma jamoasini boshqarganida ham uning qo'l ostida o'ynagan edi.
25-May 2024,13:00
O'qildi: 48 - Fikirlar: 0