"Barselona" prezidenti Joan Laporta Ispaniya sudyalar qo'mitasi (CTA) sobiq vitse-prezidenti Xose Mariya Enrikes Negreyraga pora to'laganlik uchun jinoiy javobgarlikdan ozod etildi, deya xabar bermoqda AS nashri.
Kataloniya klubining 2003-2010 yillardagi barcha direktorlari va boshqaruv a'zolari ham oqlangan. Avvalroq, sud "Barselona" prezidenti Joan Laportani poraxo'rlik ayblovidan ozod qilgani haqida ma'lumot paydo bo'lgan edi.
31 may kuni sud sudyaning uni jinoiy javobgarlikka tortish haqidagi qarori ustidan berilgan shikoyatlarni qanoatlantirishga qaror qildi.
Qayd etilishicha, bu murojaatlarga Madridning “Real” klubi va La Liga qarshilik qilgan. "Barselona" o'z navbatida sud qaroridan juda mamnun.
Shu bilan birga, "Negreyra ishi" bo'yicha tergov davom etmoqda.
1-Iyun 2024,12:10
O'qildi: 48 - Fikirlar: 0