«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik «Manchester Siti»dan ijaraga olingan Joau Kanseluni jamoada saqlab qolishni ta'kidlamoqda.
30 yoshli futbolchining ijara muddati joriy mavsum oxirigacha belgilangan edi. «Barselona» ayni damda portugaliyalik futbolchini saqlab qolish ustida ishlamoqda, deya xabar beradi jurnalist Florian Plettenberg. «Ko'k-anorranglilar»ning yangi bosh murabbiyi Flikning shaxsan o'zi Kanselu bilan hamkorlikni davom ettirishni qo'llab-quvvatlaydi. Moliyaviy muammolar tufayli Kataloniya giganti uchun futbolchini sotib olish qiyin bo'ladi, shuning uchun qayta ijaraga olish barcha tomonlar uchun eng maqbul echim bo'lishi mumkin.
Joau Kanselu «Barselona» safida 42 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
3-Iyun 2024,09:50
O'qildi: 48 - Fikirlar: 0