Ispaniya terma jamoasi va Bilbaoning "Atletik" klubi darvozaboni Unai Simon jamoadoshi va terma jamoa hujumchisi Niko Uilyams haqida gapirdi. Avvalroq, OAVda vingerga ko'plab top-klublar qiziqish bildirayotgani haqida mish-mishlar paydo bo'lgandi.
"Hozircha u "Atletik" futbolchisi. Men uni "Atletik" libosida, terma jamoa libosida ko'rganimda, u bilan kiyinish xonasida bo'lishimni juda yaxshi ko'raman. Uning 2027 yilgacha shartnomasi bor, u uyda juda baxtli va men uni kelajagi haqida juda aniq fikrlar bilan ko'raman.
Top klublardan qiziqish bormi? Uning "Barselona", "Chelsi", "Arsenal"ga o'tishi mumkinligi haqidagi barcha mish-mishlarni eshitish normal holat... chunki u hozirda ko'rsatayotgan o'yini tufayli dunyoning aksariyat jamoalarida o'ynay oladigan futbolchi. Matbuot futbol bo'lmagan yozda o'zini bozor haqida gapirishga bag'ishlaydi va bunday holatlar bo'lishi normal holat", - dedi Simon AS bilan suhbatda.
9-Iyul 2024,14:20
O'qildi: 57 - Fikirlar: 0