"Barselona"ning uy stadioni "Kamp Nou"da shanba kunlari ishlash taqiqlandi, deb xabar beradi Relevo nashri.
Bir oy oldin klub shanba kungi ish bo'yicha kelishib olishga muvaffaq bo'ldi, biroq jadvaldan oshib ketgani haqida shikoyatlar kela boshladi, shu sababli unga o'zgartirish kiritishga to'g'ri keldi.
"Qoidalar yana buzildi. Masalan, 3 iyulga o'tar kechasi ular 22:30ga qadar ishladilar, bundan tashqari, Travessera-de-les-Korts stadionidagi chiroqlar bir necha kundan beri o'chmayapti", — dedi San-Ramon mahalla uyushmasi prezidenti Andres Kiles.
Shu sababli, shanba kunlari, hech bo'lmaganda, sentyabrgacha yana bir bor ishlashni taqiqlash to'g'risida qaror qabul qilindi. "Kamp Nou"da ish vaqti dushanbadan jumagacha va faqat soat 08.00 dan 20.00 gacha.
Qayd etilishicha, "Barselona" 2024 yilning dekabrida rekonstruksiyadan so'ng ilk bor "Kamp Nou"da o'ynay oladi. Dastlabki o'yinlar sig'imi 60 mingga yaqin tomoshabinni tashkil qilishi kutilmoqda.
17-Iyul 2024,12:30
O'qildi: 57 - Fikirlar: 0