Dani Olmo Madridning "Atletiko" klubiga o'tishi mumkin.
Madrid klubi "Leyptsig" yarim himoyachisiga qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi Bild nashri. Tomonlar o'rtasida ilk muzokaralar allaqachon bo'lib o'tgan.
Futbolchining o'zi sovrinlarni qo'lga kiritishi mumkin bo'lgan jamoaga qo'shilishni xohlaydi va "Atletiko Madrid"ni bunday deb hisoblamaydi. Biroq, agar unga asosiy o'yinchi sifatida rol va'da qilinsa, u o'tishga rozi bo'lishi mumkin. Qolaversa, Olmoning Ispaniyaga qaytish varianti afzal ko'rgan variantidir.
Qayd etilishicha, 26 yoshli futbolchini transfer qilishda hozirda “Atletiko Madrid” favorit hisoblanadi: “Manchester Siti” uni Kevin de Bryuynening o'rniga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda, biroq belgiyalik futbolchi hali uning kelajagi borasida bir qarorga kelgani yo'q, “Barselona” buni uddalay olmaydi. Chunki, 60 million evro tovon puli to'lash kerak. "Bavariya" Danini faqat Xavi Simonsga muqobil deb hisoblaydi.
Ispaniyalik futbolchining shartnomasidagi ozod qilish bandi 20 iyulga qadar amal qiladi.
17-Iyul 2024,16:00
O'qildi: 57 - Fikirlar: 0