2023 yilning mart oyida Ansu Fatining otasi Bori Fati "Barselona" va Xavini uning o'g'liga munosabati uchun tanqid qilgan edi.
"Ansu ko'proq narsaga loyiq, biz "Barselona"ning o'ninchi raqami haqida gapiryapmiz.
Men jahlim chiqdi, bu haqiqat. Ota sifatida men Ansu juda kam o'ynashini ko'ryapman va bu meni xafa qiladi, lekin men murabbiy sifatida emas, ota sifatida o'ylayman.
Jismoniy jihatdan Ansu juda yaxshi holatda. U tezroq va avvalgidan ko'ra ko'proq yuguradi.
Men Ansuga pozitsiyasini o'zgartirishni tavsiya qildim, lekin u rozi bo'lmadi. Ansuning Xavidan jahli chiqmaydi, uni o'zining kumiri deb biladi", degan edi Fatining otasi.
Ushbu bayonotlardan besh oy o'tgach, Fati "Brayton"ga ijaraga yuborildi, u erda jarohatlar yana uning eng yaxshi futbolini o'ynashiga to'sqinlik qildi.
Biroq, Ansu Angliyadagi ijara muddatidan so'ng "Barselona"ga qaytganidan keyin vaziyat o'zgarganga o'xshaydi. Bu Xavining ishdan bo'shatilishi va yangi murabbiy Xansi Flikning kelishi bilan bog'liq.
Diario Sport Bori Fati bilan bog'lanib, undan Ansuning "Barsa"dagi hozirgi holati haqida so'raganida u: "Bizda hammasi ajoyib va xursandmiz", deb javob berdi.
22-Iyul 2024,20:00
O'qildi: 56 - Fikirlar: 0