Ispaniyaning Mundo Deportivo nashri xabar berishicha, "Barselona" "Atletik" yarim himoyachisi Niko Uilyams uchun tovon pulidan 4 million evro ko'proq to'laydi.
Sababi, forvard shartnomasida belgilangan sotib olish summasi sifatida ko'rsatilgan 58 millionga Ispaniya qonunchiligiga ko'ra, mahalliy IPC (Iste'mol narxlari indeksi) bo'yicha foiz qo'shilishi kerak. Majburiy to'lov summasiga qo'shimcha 4 million qo'shilishi kerak bo'lib, jami 62 million evroga etadi.
"Barselona" qo'shimcha xarajatlarga tayyorligini ta'minladi va Uilyamsga uning transferini rasmiylashtirishda hech qanday muammo bo'lmasligini aytdi. Klub direktorlar kengashi sport direktori Dekuga vaziyat nazorat ostida ekanligi haqida ma'lum qildi.
Avvalroq "PSJ" Uilyams uchun kataloniyaliklardan ikki baravar ko'p taklif qilgani xabar qilingandi.
2023/24 yilgi mavsumda Uilyams "Atletik" safida barcha musobaqalarda 37 ta o'yin o'tkazib, 8 ta gol urdi va 19 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 22 yoshli futbolchining klub bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
27-Iyul 2024,13:50
O'qildi: 55 - Fikirlar: 0