"Milan" klubining sport va tijorat masalalari bo'yicha maslahatchisi hamda "Milan", "Yuventus", "Inter", "PSJ", "Barselona" va "Manchester Yunayted" klublarining sobiq hujumchisi Zlatan Ibrahimovich nima uchun 2018 yilda "Los-Anjeles Gelaksi"ga o'tgani va nima uchun 2020 yilning yanvarida 38 yoshida "Milan"ga qaytganini tushuntirib berdi.
"Amerikaga ko'chib o'tganim? Bu mening tirikligimni tekshirish istagi bilan bog'liq edi. Va men hali ham tirik ekanligimni angladim. Bu muammoga aylandi. Men o'zimga tegishli bo'lgan joyga qaytishim kerak edi", - dediya Ibrahimovich The Athletic bilan suhbatda.
2018 yilning mart oyida 36 yoshida Zlatan Ibrahimovich tizzasidagi jarohatidan tuzalgach, "Manchester Yunayted"dan "Los-Anjeles Gelaksi"ga ko'chib o'tdi. Amerikaning klubi safida hujumchi barcha turnirlarda 58 ta o'yin o'tkazib, 53 ta gol urdi va 15 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
2020 yilning yanvarida Ibrahimovich "Milan"ga qaytdi, u avvalroq 2010 yilning avgustidan 2012 yilning iyuligacha o'ynagan "rossonerilar"ga qaytganida forvard 38 yoshda edi. Faoliyatini yakunlashdan avval Zlatan "Milan" safida 78 ta o'yin o'tkazib, 37 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
7-Avgust 2024,10:50
O'qildi: 52 - Fikirlar: 0