"Barselona" nihoyat Dani Olmoni ro'yxatdan o'tkazdi. Ispaniyalik futbolchi La Liganing 3-turidan o'rin olgan "Rayo Valekano"ga qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkin.
Dani "Valensiya"ga qarshi o'yinda jarohat olib, 4 oyga safdan chiqqan Andreas Kristensen o'rniga safga qo'shildi. "Blaugrana" La Liga reglamentidagi bo'shliqdan foydalanib, Olmoni qishki transfer oynasi ochilgunga qadar olti oyga ro'yxatdan o'tkazdi.
Agar Andreasning tiklanishi kutilganidan tezroq ketsa nima bo'ladi?
Ispan nashrlarining yozishicha, daniyalikning jarohati unchalik jiddiy emas: futbolchining atrofidagilar uning sentyabrda maydonga tusha olishiga ishonchi komil.
Agar Kristensen muddatidan oldin tuzalib ketsa, "Barsa" Andreasni ham, Danini ham maydonga tushira oladi, faqat 31 dekabrgacha.
Bu davrda jamoa ishlarni tartibga solib, halol o'yinga moslashishi kerak. Agar klub bunga erisha olmasa, Olmoning La Ligadagi mavsumi yakunlanadi. O'yinchini ikkinchi marta ro'yxatdan o'tkazish mumkin bo'lmaydi.
27-Avgust 2024,19:00
O'qildi: 49 - Fikirlar: 0