Vitor Rokening "Betis"ga ijaraga berilishi tafsilotlari ma'lum bo'ldi.
"Barselona" forvardi Sevilya klubiga ijara asosida yana bir mavsum uzaytirilishi va sotib olish optsiyasi bilan qo'shildi.
Marca nashri xabariga ko'ra, joriy mavsum oxirida ijara muddatini uzaytirish, agar Roke joriy mavsumda "Betis" tarkibida belgilangan miqdordagi o'yinlarda qatnashsagina mumkin bo'ladi.
Agar "Betis" joriy mavsum oxirida Rokeni sotib olishga qaror qilsa, sotib olish narxi 25 million evroni tashkil qiladi. Agar optsiya ijaraning ikkinchi yili oxirida faollashtirilsa, transfer 27,5 million evroga tushadi – "Barselona" esa forvardga bo'lgan 20 foiz huquqni o'zida saqlab qoladi.
Agar "Betis" ijara muddati tugagach, hujumchini sotib olmaslikka qaror qilsa, "Barselona" Rokeni qaytib kelganining birinchi yilida sotsa, foydaning 30 foizi, agar bu ikkinchi yil davomida sodir bo'lsa, 20 foiz olish huquqini saqlab qoladi.
28-Avgust 2024,14:50
O'qildi: 49 - Fikirlar: 0