"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Ispaniya terma jamoasi Daniya va Shveytsariya bilan bo'lib o'tadigan Millatlar ligasining noyabr o'yinlarida "ko'k-anorranglilar" vingeri Lamin Yamaldan foydalanmasligiga umid bildirdi.
Avvalroq, 17 yoshli futbolchi Chempionlar ligasi doirasida "Tsrvena Zvezda" bilan o'yinda (5:2) to'pig'ini jiddiy jarohatlab olgani va shu bois Ispaniya chempionati doirasida "Real Sosedad"ga (0:1) qarshi yakshanba kungi o'yinni o'tkazib yuborgani ma'lum bo'lgandi.
"Menimcha, shifokorlar Lamindan terma jamoada o'ynamaslikni so'rashadi. Qirollik futbol federatsiyasi bilan gaplashamiz. Agar shunday imkoniyat bo'lganida u "Real Sosedad"ga qarshi o'ynagan bo'lardi, lekin bunday bo'lmadi. Umid qilamanki, terma jamoa to'g'ri qaror qabul qiladi", - dedi Flik Goal bilan suhbatda.
11-Noyabr 2024,14:50
O'qildi: 48 - Fikirlar: 0