"Barselona" va Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui o'g'lining iqtidori haqida gapirdi.
"Men uning yulduz ekanligini, boshqalarga o'xshamasligini tezda angladim. Bolaligidanoq aravachasida to'p bor edi. Men unga doim ishonardim, do'stlarimga u dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo'lishini, haqiqiy olmos ekanligini doimo aytib turardim. U maydonda ham, maydon tashqarisida ham avvalgidek qolishi, zavqlanishi kerak. Endi u erkakga aylandi. O'tgan kuni unga bu haqda aytdim va ko'z yoshlarimni tiya olmadim. Uning "Oltin to'p"ga nomzod bo'lganiga hayron bo'lmadim, siz uning qo'lidan kelgan ishining atigi 20 foizini ko'rgansiz. Men uni qanot hujumchisi emas, balki "o'ninchi raqam" deb bilaman. Unda Zinedin Zidan kabi markazda, hujumchi ortida o'ynash qobiliyati va xarakteri bor. Ko'rasiz. Men qo'llarimni ishqalayapman, "Oltin to'p" haqida o'ylayapman, u g'alaba qozonadi", - dedi Nasrau France Football bilan suhbatda.
11-Noyabr 2024,14:50
O'qildi: 49 - Fikirlar: 0