"Real Sosedad" bosh murabbiyi Imanol Alguasil "Barselona" bilan o'yindagi g'alabadan keyin (1:0) o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
Basklar jamoasi "ko'k-anorranglilar"ning dahshatli hujumini to'xtatib, nishonga birorta ham zarba berishga imkon bermadi. Mezbonlarga g'alabani 33-daqiqada Sheraldo Bekkerning goli keltirdi.
"Menga futbolchilarning kurashi juda yoqdi. Uchrashuv mazmunidan kelib chiqqan holda, men har qanday natijadan faxrlanardim, ammo biz g'alaba qozonishni xohladik. Bugun futbolchilarimiz va muxlislarimiz stadionni xursandchilik bilan tark etishmoqda.
"Barselona"ning bekor qilingan goli bilan epizodmi? Takroriy vaziyatni ko'rmadim, ammo raqib mag'lubiyatga loyiq edi. Uchrashuvning 1-daqiqasidan 95-daqiqasigacha bo'lgan suratini hisobga olsak, yaxshiroq bo'ldik. Bu mutlaqo haqli va adolatli g'alaba", - deya Alguasil so'zlarini keltiradi Mundo Deportivo.
11-Noyabr 2024,14:50
O'qildi: 48 - Fikirlar: 0