- Muxlislar sizning tamaki chekishingiz haqida gapirishadi. Sigareta chekadigan bir necha futbolchi bor – masalan, Buffon, Yoxan Kroyff. Bu haqda nima deya olasiz?
- Mutlaqo hech narsa. Shaxsiy hayotimda o'zgarmaydigan narsalar bor, chekamanmi yoki chekmaymanmi, bu bilan hech kimning ishi bo'lmasligi kerak. Bu menga ta'sir qilmaydi, menimcha, maydonda ikki baravar ko'proq mehnat qilaman. Qolaversa, men buni bolalar oldida qilib, yomon o'rnak ham bo'lmayman.
Ba'zida kimdir daraxtlar orqasiga yashirinib, suratga oladi. Bu menga bog'liq emas. Men buni yashirishga va boshqalarga ko'rsatmaslikka harakat qilaman. Ammo kimdir shaxsiy hayotimda odatlarimni o'zgartiraman deb o'ylasa, yana bir marta o'ylab ko'rsin, chunki men o'zgarmayman.
Men butun umrim davomida shunday bo'lganman. Meni darvozabon sifatida baholashlarini xohlayman va hech kimni qiziqtirmaydigan voqealarni izlamasliklarini istayman.
Avvalroq OAVda polshalik darvozabon stressni yo'qotish uchun chekishi haqida xabarlar tarqalgandi. Shensni 2015 yil "Arsenal"dagi davrida kiyim almashtirish xonasida chekish uchun katta miqdorda jarimaga tortilgan.
34 yoshli darvozabon 2 oktyabr kuni "Barselona" bilan 2025 yilning 30 iyunigacha amal qiladigan shartnoma imzolagan edi.
13-Noyabr 2024,11:14
O'qildi: 48 - Fikirlar: 0