Deku aprel oyidagi "El Klasiko"da Lamin Yamalning hisobga olinmagan goli bilan bo'lgan epizod haqida gapirdi.
O'tgan mavsumda La Liganing 32-tur uchrashuvida "Real" o'z maydonida "Barselona" ustidan g'alaba qozongan (3:2).
O'yinning 28-daqiqasida "Barselona" vingeri Yamal burchak to'pidan unumli foydalandi. To'p qisman darvoza chizig'ini kesib o'tdi, ammo darvozabon Andrey Lunin uni bartaraf etdi.
Bosh hakam Sesar Soto Grado gol yo'qligini ko'rsatdi, biroq videoassistent bilan bir necha daqiqa maslahatlashdi. Yakunda hakam o'z qarorini tasdiqladi.
– Laminning Bernabeudagi goli, "Barselona"ning so'zlariga ko'ra, to'p chiziqni kesib o'tgan va buning uchun klub STAdan suratlar so'ragan. Ular biror narsa yuborishganmi?
- Bilmayman, bu klubning yuridik bo'limiga berilgan savol, lekin menimcha, biz so'rov qildik, ammo keyin nima bo'lganini bilmayman. O'ylaymanki, shikoyat qilish o'rniga futbolni hamma uchun tushunarli qilishga harakat qilish kerak. Bu nafaqat "Barselona"ning muammosi, balki butun futbolning muammosi.
Ertaga "Atletiko" uchun yomon qaror bo'lishi mumkin, "Madrid", "Sevilya", "Rayo", "Valyadolid"ga qarshi... Biz hozir peshqadammiz va balki bu bizga zarar keltirmas, lekin tasavvur qiling-a, bu turda hal qiluvchi nuqta bo'lganida, chempionlik hal qiladigan yoki quyi ligaga tushib ketish o'yini bo'lganidachi... "Barselona" jabr ko'rdi, deb noligandan ko'ra, biz tushunmoqchimiz.
O'ylaymanki, bu futbol, La Liga va boshqa klublar bilan bunday holat takrorlanmasligi uchun foydali bo'ladi. Biz shikoyat qilmaymiz, chunki yutqazganimiz shuning uchun emas - ular gol urishdi va biz qaytib kelib, o'yinni o'zgartira olmadik. Ammo biz bu voqea sodir bo'layotgan hamma narsaga oydinlik kiritadigan misol yoki kelajakda vaziyatni yaxshilash imkoniyati bo'lishini istardik" - dedi "Barselona" sport direktori.
13-Noyabr 2024,14:10
O'qildi: 48 - Fikirlar: 0