Myunxenning «Bavariya» klubi sobiq darvozaboni Oliver Kan Xans-Diter Flik qo'l ostidagi «Barselona»ga baho berdi.
«Bavariya»ning «Barselona»ga mag'lub bo'lishi - bu mavsumdagi eng yomoni va eng dahshatlisi. “Barselona« o'yin tomonlama juda katta farq bilan ustun keldi. Bu mavsumda »Barcelona«ni hech kim to'xtata olmaydi, bu jamoa raqiblar uchun dahshatli qo'rquv bo'lib qoldi.
Ular meni olqishlashga majbur qilishdi, men jamoada hech qanday xato ko'rmadim, ular butun o'yin davomida muntazam xatosiz o'ynashdi. Ularning kelajagi ishonchli qo'llarda. Klub Flik bilan o'zining shonli davriga qaytadi. U ajoyib murabbiy va men uni qisqa vaqt ichida «Barselona»da qilgan ishlarini qadrlayman. Lamin Yamal kamida 5 yil davomida «Oltin to'p»ni qo'lga kiritadi. Yamal Lionel Messining eng yaxshi davomchisi bo'ladi degan umiddaman. Tarix guvoh bo'ladiki, 17 yoshli o'smir va bir necha oylik tajribaga ega bir guruh yosh yigitlar 3 kun ichida Evropaning ikkita eng yirik milliard dollarlik jamoasi bilan to'qnash kelishdi va yirik hisobda g'alaba qozonishdi. Bu juda katta ish», - dedi germaniyalik mashhur sobiq darvozabon.
18-Noyabr 2024,17:10
O'qildi: 47 - Fikirlar: 0