"Barselona" klubi sobiq bosh murabbiyi Xavi AQShning "Inter Mayami" klubini boshqarmaydi.Avvalroq Xerardo Martino shaxsiy sabablarga ko'ra "Inter Mayami" klubidan iste'foga chiqqani haqda xabar berilgan edi. 44 yoshli mutaxassis argentinalik murabbiyning ehtimoliy o'rnini egallovchi nomzodlar orasida tilga olingandi.Diario Sport nashrining ma'lumotiga ko'ra, aslida "Inter Mayami" Xavi nomzodini ham ko'rib chiqmagan. Bunga sabab sifatida uning "Barselona"da birga ishlagan ayrim futbolchilar, jumladan, Leo Messi va Jordi Alba bilan munosabatlari yaxshi emasligi keltirilgan.Ta'kidlanishicha, Xavi va Serxio Buskets o'rtasida munosabat ajoyib darajada, lekin Messi bilan munosabatlar oxirgi vaqtlarda sovuqlashgan, ammo juda yomon emas. Jordi Alba bilan esa jiddiy kelishmovchiliklar bor. Shu sababli, Xavining tayinlanishi jamoada keskinlik yaratishi mumkinligi uchun klub rahbariyati bunday qarorni istisno qilgan.
21-Noyabr 2024,22:30
O'qildi: 46 - Fikirlar: 0