Evropaning eng kuchli 5ta — Angliya, Ispaniya, Italiya, Germaniya, Frantsiya chempionatining o'tgan mavsumdagi g'oliblari ushbu mavsumda qanday ishtirok etishmoqda? Shu kungacha qayd etilgan natijalar asosida tahlil qilib ko'ramiz.Angliya premer-ligasiAPLning o'tgan yilgi g'olibi «Manchester Siti» ushbu mavsumda 16ta turdan keyin 29 ochko jamg'argan. "Shaharliklar" o'tgan yili bunaqa paytda 41 ochko bilan 2-o'rinda borishayotgan edi (minus 12 ochko).Italiya A seriyasi«Yuventus» ushbu mavsumning dastlabki 15 turidan keyin 36 ochko bilan 2-o'rinda borishmoqda. 2018 yilda esa turinliklar 43 ochko bilan yakka peshqadam bo'lib turgan edi (-7 ochko).Germaniya bundesligasiBundesliganing 14-turidan keyin «Bavariya» 24 ochko to'plagan holda jadvalda 7-o'rinni egallab turibdi. Bir yil avval jamoa 27 ochko bilan 3-o'rinni band etayotgan edi (-3 ochko). Frantsiya Liga 1«PSJ»ning ham ushbu mavsumdagi natijalari o'tgan yilgi ko'rsatkichlariga nisbatan pasaygan. Parijliklar hozirda 39 ochko to'plagan bo'lsalar, o'tgan mavsumda ular 17-turdan keyin 47 ochko bilan peshqadam bo'lib turishgan edi (-8 ochko).Ispaniya La ligasiFaqatgina «Barselona» boshqa chempionlarga qaraganda ochko to'plash borasida o'sishga erishgan. Kataloniyaliklar o'tgan mavsumda 31 ochko bilan Primera jadvalini boshqarib turishgan bo'lsa, ushbu mavsumda jamoa 34 ochko bilan "Real" bilan birga qo'shpeshqadam bo'lib turibdi (+3 ochko).
10-Dekabr 2019,18:30