Ertaga bo'lib o'tadigan «Rayo Valekano» – «Barselona» uchrashuvi oldidan kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xansi Flik matbuot anjumanida ishtirok etdi.Musobaqa boshlanishi haqida— «6 ochko bilan boshlash muhim edi, ammo endilikda diqqatimizni uchinchi o'yindagi g'alabaga qaratganmiz. «Rayo» murabbiyi a'lo ish qilmoqda, ular jiddiy raqib bo'ladi».Fermin Lopes haqida— «Ba'zan futbolchilar boshqacha o'ylaydi yoki tashqi muhit ta'siriga tushadi. Lekin men Ferminning «Barsa»da ekanidan xursandman. U jamoamiz uchun juda muhim. Barcha jamoadoshlari uning qolishini xohlaydi. Hafta boshida u boshqacha edi, ammo keyingi kunlarda ko'proq futbolga e'tibor qaratdi. Hozir uning holati yaxshi, bu biz uchun muhim».Klubning moliyaviy holati haqida— «Men faqat jamoaga e'tibor qaratyapman. Moliyaviy holat meni qiziqtirmaydi. Bizda fantastik tarkib bor va barcha bilsinki, men hozirgi futbolchilarni saqlab qolishni xohlayman».Transferlar haqida— «Oxirgi kunlarda yangi transferlar bo'ladimi? Rostini aytsam, hech qanday tasavvurim yo'q. Transfer bozori shunchaki jinnilik».Maydonning holati haqida— ««Rayo» stadioni maydoni? Biz buni o'zgartirolmaymiz. Ikki jamoa ham bir xil sharoitda o'ynaydi».
O'qildi: 35256 - Fikirlar: 0