UEFA 11 sentyabr kuni "Vilyarreal" – "Barselona" o'yini qaerda o'tishi haqida qaror qabul qiladi
UEFA tez orada La Liga 17-turidan o'rin olgan "Vilyarreal" va "Barselona" o'rtasidagi o'yinni kelasi hafta Mayamida (AQSh) o'tkazish masalasidagi qarorini e'lon qiladi.
Bu haqda "Marca" ma'lum qildi.
Manbaga ko'ra, mazkur masala tashkilot ijroiya qo'mitasining 11 sentyabr kuni bo'lib o'tadigan yig'ilishida ko'rib chiqiladi.
Avvalroq UEFA prezidenti Aleksander Cheferin o'yinni boshqa davlatda o'tkazishga qarshi chiqqandi. Uning ta'kidlashicha, barcha milliy chempionat o'yinlari o'z mamlakatlarida o'tkazilishi kerak.
"Vilyarreal" – "Barselona" bahsi 2025 yilning 21 dekabriga belgilangan. U Mayamidagi "Xard Rok" stadionida o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Avvalroq kataloniyaliklar Mayamida tashkil etiladigan "Vilyarreal"ga qarshi o'yin ortidan 5 mln evro ishlab olishi ma'lum qilingan edi.
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Bo'limlar
Muloqot (311/+0)
Yangiliklar (34547/+14)
UzFIFA Yangiliklari (01.10.2025)
Futbol TV Yangiliklari (01.10.2025)
ONLINE TV (47) LIVE
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1806 / +1)
Eng ko'p o'qilgan
30-Sentyabr
19:10
22:30
“Barselona” prezidenti Joan Laporta sobiq rahbar Xosep Bartomeuni moliyaviy firibgarlikda ayblab, sudga berdi
O'qildi: 35254 - Fikirlar: 0
O'qildi: 35254 - Fikirlar: 0
28-Sentyabr
18:00
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)