«Barselona» JCh-2026 saralash bosqichida Gruziya va Bolgariyaga qarshi o'yinlarga Lamin Yamalni Ispaniya terma jamoasiga chaqirilishini oldini olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda ARA nashri xabar berdi.Ma'lum qilinishicha, hujumchining yaqinda olgan son jarohati oqibatlari hali ham sezilmoqda.«Barselona» Yamalning chorshanba kuni Chempionlar Ligasida «Pari Sen-Jermen»ga va yakshanba kuni «Sevilya»ga qarshi maydonga tushishini xohlamoqda. Biroq uning o'yinga tayyorligi diskomfort to'liq yo'qolganini anglatmaydi. Gap shundaki, futbolchi musobaqalarni davolanish mashg'ulotlari bilan uyg'unlashtirishi lozim, bu esa jarohatning qaytadan yuzaga kelishini oldini olishga yordam beradi.Xabarda ta'kidlanishicha, klub hujumchining oktyabr oyidagi JCh saralash o'yinlari uchun Ispaniya terma jamoasi ro'yxatiga kirib qolmasligi uchun allaqachon maxsus reja ishga tushirgan.