Yamal Ispaniya terma jamoasi qaydnomasidan chiqarildi
Ispaniyalik vunderkind chov sohasidagi davolanish tufayli Gruziya va Turkiyaga qarshi o'yinlarni o'tkazib yuboradi.
"Barselona" yulduzi Lamin Yamal Ispaniya terma jamoasining JCh-2026 saralash bosqichidagi so'nggi o'yinlarida qatnashmaydi.
Vunderkind chov sohasidagi noqulaylik tufayli terma jamoa tarkibidan chetlashtirilgani va bu 7-10 kunlik reabilitatsiyani talab qilishi aytilmoqda. Ispaniya terma jamoasidagilar futbolchi davolanishni oldindan ogohlantirmasdan boshlaganidan hayratda.
Yamal chov sohasidagi jarohati tufayli bu mavsum "Barselona" safida 4 o'yinni o'tkazib yuborgandi. Uning terma jamoadagi so'nggi o'yini 7 sentyabr kuni Turkiyaga qarshi bo'lib o'tgan. Lamin joriy mavsum La Liganing 8 o'yinida 4 ta to'p kiritdi va 4 ta golga assistentlik qildi.
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Bo'limlar
Muloqot (319/+0)
Yangiliklar (37155/+8)
UzFIFA Yangiliklari (29.03.2026)
Futbol TV Yangiliklari (29.03.2026)
ONLINE TV (47) LIVE
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1861)
Eng ko'p o'qilgan
27-Mart
18:30
22-Mart
22:50
21:28
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)





305