Flik Pedri va Gavining holati bo'yicha ma'lumot berdi

«Barselona» ustozi Xans-Diter Flik jarohatlangan yarim himoyachilar — Pedri va Gavining holati haqida ma'lumot berdi.
«Mashg'ulotlarda ko'rganlarim meni hayratda qoldirdi. Ehtimol, Pedri fevral oyida maydonga tusha olmas, lekin o'ylaymanki, mart oyiga borib u tayyor bo'ladi. Gavi? U bilan juda ehtiyotkor bo'lishimiz kerak», — dedi Flik jurnalistlarga.
Har ikki futbolchi jarohatdan keyin tiklanish jarayonini davom ettirmoqda. Ushbu mavsumda Pedri barcha turnirlarda 25 ta o'yinda ishtirok etib, 2 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Gavi esa Ispaniya chempionatining joriy mavsumida bor-yo'g'i 2 ta o'yinda maydonga tushdi va 1 ta golli pasni amalga oshirdi.
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Bo'limlar
Muloqot (320/+0)
Yangiliklar (38251/+3)
UzFIFA Yangiliklari (20.06.2026)
Futbol TV Yangiliklari (20.06.2026)
ONLINE TV (47) LIVE
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1868)
Eng ko'p o'qilgan
17-Iyun
00:50
14-Iyun
17:00
13-Iyun
19:40
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)
347