
Xonanda Oliviya Rodrigo «El-Klasiko» uchun forma tayyorlash jarayonida «Barselona» bilan amalga oshirilgan hamkorlik haqida o'z fikrlarini bildirdi.
Kataloniya jamoasi «Real»ga qarshi uchrashuvda xonandaning logotipi tushirilgan formada maydonga tushadi. La Liganing 35-turidan o'rin olgan ushbu bahs 10 may kuni «Kamp Nou» stadionida bo'lib o'tadi.
«Barselona»ning "Klasiko" uchun mo'ljallangan libosida o'z logotipimni ko'rish... Buni qanday qabul qilishni ham bilmayman. Libosning "jonlanishini" kuzatish, Spotify va "Barsa" bilan hamkorlikda butun bir kiyimlar kollektsiyasini yaratish juda qiziqarli bo'ldi.
Bundan tashqari, Barselona kabi shaharda, meni birinchi kundan beri tinglab kelayotgan muxlislar qarshisida chiqish qilish imkoniyati men uchun juda qadrli va o'ziga xos voqea bo'ladi. Ular bilan uchrashishni intiqlik bilan kutyapman», — dedi Oliviya Rodrigo.
O'qildi: 51107 - Fikirlar: 0
O'qildi: 50907 - Fikirlar: 0





397