
Milanning «Inter» klubi sport direktori Pero Auzilio markaziy himoyachi Alessandro Bastonining kelajagi borasidagi savolga javob berdi. 27 yoshli futbolchining «Barselona»ga o'tishi haqidagi xabarlar bir necha oydan beri tinmayapti. Mish-mishlarga ko'ra, o'yinchi hatto transferga rozilik berib bo'lgan.
«Bastonining transferi bo'yicha bizga birorta ham qo'ng'iroq bo'lgani yo'q va biz, albatta, hech qanday muzokaralarni o'zimiz boshlamaymiz. Bastoni «Inter» va Italiya uchun juda katta qiymatga ega, u aql bovar qilmas darajada kuchli futbolchi. Biz uni jamoada olib qolmoqchimiz», — deya Auzilioning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Inter Xtra.
Eslatib o'tamiz, yakshanba kuni «Inter» A Seriyaning 35-turi doirasida «Parma»ni 2:0 hisobida mag'lub etib, muddatidan avval chempionlikni qo'lga kiritdi.
O'qildi: 51111 - Fikirlar: 0
O'qildi: 50909 - Fikirlar: 0





600