
«Barselona» hujumchisi Rafinya faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin.
RadioCAT xabariga ko'ra, braziliyalik futbolchining kelajagi jahon chempionatidan keyin hal bo'ladi. Hozircha futbolchining kataloniyaliklar klubida qolishi kafolatlanmagan. «Al-Hilol» forvard transferi bo'yicha 80 million evro miqdoridagi dastlabki taklifni tayyorlamoqda. Shu bilan birga, «ko'k-anorranglilar» Rafinyaga agar o'zi xohlasa, jamoadan ketishini osonlashtirib berishga va'da berishgan.
Rafinya 2022 yilda «Lids»dan «Barselona»ga 58 million evro evaziga o'tgan edi. Uning shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda braziliyalik futbolchi kataloniyaliklar klubi safinda barcha turnirlarda 33 ta o'yinda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va sakkizta golli uzatmani amalga oshirdi.
294