La Liga prezidenti Xaver Tebas "Barselona" — "Real" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvni ko'chirilishi haqida so'nggi so'zlarni aytdi.
So'nggi kiritilgan taklifga ko'ra, Ispaniya chempionatining 10-tur doirasida bo'lib o'tishi kerak bo'lgan “Barselona” hamda “Real” jamoalari o'rtasidagi navbatdagi “el-klasiko” 26 oktyabrdan 18 dekabrga ko'chirilishi haqida xabarlar tarqalayotgan edi.
Biroq, La Liga prezidenti Xaver Tebas ushbu bahs Ispaniya Kubogi o'yinlari sababli, 18 dekabr kuni o'tkazilishi mumkin emasligini aytib o'tdi.
"Agar uchrashuv kunini o'zgartirish to'g'risida qaror qabul qilinsa, u holda tanlov boshqacha ko'rinishda amalga oshiriladi. Klublar 18 dekabr o'tkazilishi haqida taklif kiritishdi, lekin bu sanada Ispaniya Kubogi uchrashuvlari bor. Bu holda, “el-klasiko” sababli Ispaniya kubogi nufuziga putur etadi. “Barselon” va “Real” jamoalari o'rtasidagi uchrashuvni 18 dekabrga belgilab bo'lmaydi, bu haqda jiddiy bosh qotirish kerak", — Xaver Tebasning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda AS.
18-Oktyabr 2019,06:50
O'qildi: 51 - Fikirlar: 0