Janob Abramov o'yinidagi hozirgi 5ta «plyus» va 5ta «minus»
Va'da amali bilan go'zal bo'lganidek, biz ham 5 kun o'tib o'zimizni kichik vizual analizimizni taqdim etmoqdamiz.Demak, Janob Abramov kelganidan keyin, O'zbekiston MTJsida qanday o'zgarishlar, hozircha ko'zga tashlanmoqda:YuTUQLAR1. Hujumkor o'yin.O'zbekiston o'yin boshidan hujum taktikasida o'ynamoqda, raqibni ikkinchi jamoa rolida o'ynashga, ya'ni himoyalanishga majburlamoqda. Agar futbol o'ynashdan maqsad gol urish bo'lsa, demak, hujumkor o'ynash kerak. Asosiy maqsad g'alabaga ham, faqatgina gol urilgandan keyin erishiladi.2. Kesma uzatmalarO'zbekiston qanotlar va vertikal paslar bilan o'ynamoqda, shuningdek, Singapurga qarshi uchrashuvda raqib jarima maydonida o'tkir kesma paslar bilan ham o'ynadi, uchinchi gol bunga misol. Kutilmaganda, raqib himoyachilari orasidan berilgan kesma pas, zamonaviy futbol hujumlarida prioritet hisoblanadi, buni albatta yanada mukammalashtirib boraverish kerak.3. PressingO'zbekiston pressing qilishni hozircha uddalamoqda. Oxirgi 2ta o'yindagi to'plar 8-1, hozircha raqiblarga hujum qilishda katta imkoniyat qoldirilmaganidan dalolat berdi. Lekin, Saudiya Arabistoni, Janubiy Koreya, Yaponiya kabi shakllangan jamoalar bilan bo'ladigan o'yinlarda, pressing bundan 2 karra ko'p kuchni talab qiladi. Demak, shu kalibrdagi jamoalarni yutish uchun Sanjar Qodirqulov kabi 95 minut tinmay yugurib, to'p uchun kurashib, “enerjayzer” rejimida harakat qilish talab etiladi. Endi bu jismoniy murabbiy Yelechich muammosi.4. KashfiyotlarHozirgina nomi tilga olingan Sanjar Qodirqulov oxirgi 2 o'yin natijasiga ko'ra, shaxsiy fikrimcha, “foydali harakatlar koeffitsenti” bo'yicha 1-o'rinda turibdi. Sanjar yaxshi ma'noda D'artanyan rolini bajarmoqda yoki o'zbekcha aytganda, aravani boshqalarga qaraganda ko'proq tortmoqda. Bu janob Abramovning kashfiyoti va o'zbek futboli yutug'i!5. Ikki g'alaba6 ochko chiroyli o'yinlarda halol qo'lga kiritildi! Muhim missiya bajarildi! Keyingi bosqich — “Saudiyaga master klass o'tash” rejasi!KAMChILIKLAR1. DarvozabonSuyunov zo'r tajribaga ega kiper, lekin, shaxsiy fikrimcha, u “Nasaf”da o'ynagan vaqtlarda hozirgi holatiga qaraganda mahoratliroq edi. Koreya, Yaponiya, Eron kabi top-hujumchilarga ega jamoalarga qarshi o'yinlarda O'zbekistonga reaktsiyasi yanada tez, yotgan joyidan sakrab tura oladigan darvozabon zarur. Shu sabab, darvozabonlar murabbiyi D.Ivankov bu chiziqda yangi, chayir kandidatlarni sinab ko'raverish kerak. Mashg'ulotda zo'r ko'ringan harakatlar, Falastinning birinchi golidagi vaziyatda seyv bilan tugashi kerak edi. Ammo, lekin, biroq – straxovka qilib qo'yish kerak shu choq! Bu chiziqni kuchaytirish variantlarini o'ylab ko'rish kerak.2. Bosh bilan yaxshi o'ynay olmaymizEldor Shomurodov hozircha istisno, lekin ikkinchi qavatda Anzur Ismoilov ketganidan so'ng, zo'r o'ynaydigan, havodagi 5ta jangning 5tasida to'pni raqibning boshidan olib qo'yadigan futbolchilar ko'rinmayapti. Bu Anzurni fishkasi edi! Shu sabab, kuchli raqiblar bilan bo'lgan o'yinlarda qanotlardan oshiriladigan paslarning Shomurodovgacha etib bormaslik ehtimoli oshadi. Sababi, uni endi kamida 2 markaziy himoyachi havoda qo'riqlaydi. Shu sabab markaziy yarim himoyachilar, flangdagi hujumlarda Eldorga havo janglarida yordamlashishlari zaruriyati paydo bo'ladi, bu esa o'z o'rnida Eldorga biroz engillik yaratadi va hujum yakuni uchun variantlar taqdim etadi. Buning uchun esa, jamoa bosh bilan normal o'ynash kerak yoki bosh bilan o'ynash hadisini eplay olmasak, flangdagi paslar erdan uzatilgani samaraliroqdir.3. StandartlarJaloliddin Masharipov jarima to'plari va burchak to'plarini tepmagani ma'qul. Termada nimagadir uning “Paxtakor”dagi kabi aniqlik koeffitsenti pas. Fikrimcha, alternativ variant sifatida jarima, burchak zarbalarini chap qanotdan Farrux Sayfiev, o'ng qanotdan Doston Hamdamov oshirishlari, hujumga rang baranglik, raqib himoyachilariga esa xavotir olib kiradi. Odil Ahmedov va Ikrom Aliboev esa, o'zlariga jonajon bo'lgan har qanday nuqtadan jarimalarni oshiraverishsin, sababi ularda aniq zarba shakllangan. Jalol esa standartlar bo'yicha qo'shimcha ishlashi zarur. Jalol kabi lateral yoki flang hujumchilarini asosiy nomeri bu aslida.4. Gemoglobini temirdan iborat yangi qonChap qanot yarim himoyasida Sardor Mirzaevni harakatlari, fikrimcha, MTJga tortmayroq turibdi. Tezligi yuqori emas, Jalol kabi driblingiga ishonib 1 ta raqibni yakkama-yakka aldaganini Singapur bilan bo'lgan o'yinda ko'rmadim. Sayfiev hujum boshlash uchun bergan pasni raqib kelishi bilan Sayfievni o'ziga orqaga qaytaradigan futbolchi, flanglarda katta effekt bermaydi. Tezligi yuqori, 1 ta raqibni aldab, chalg'itib, raqib jarima zonasiga aniq “naves” qiladigan chap oyoqli futbolchilarni sinab ko'rish kerak. Yangi Jasur Hasanovlar kerak hozir termaga!5. Foydalanilmagan imkoniyatlar
Avvalgi postimning birida, kuchli raqiblarga qarshi janglarda maksimum 3 ta imkoniyat bo'lishi va shu 3 imkoniyatni 2 tasi chala imkoniyat bo'lishi haqida yozgandim. Maqsad, ana shunday grandlar bilan bo'ladigan o'yinlarda 3 ta imkoniyatni kamida 2 tasidan foydalanish mahoratini oshirishda. Misol uchun, Turkiya maksimum 2 ta real imkoniyatga ega bo'ldi, 1 tasidan foydalandi va Frantsiyadan 1 ochko olib ketdi. Bu endi klassika! Shu sabab, bu element ustida ishlash zarur!Agar, bugun Eldorga o'yin oldidan: "Bugun yaratiladigan vaziyatlarni kamida 70%ni gol bilan yakunlashing shart!”, deyishganida, hisob kamida 1:6 bo'lardi bizning foydamizga!Bilaman, futbolda vaziyatlarga oldindan garantiya berish qiyin, lekin puxta tayorlangan uy vazifalari, albatta o'z natijasini beradi.“Yo'q, buning uchun bizga Levandovski kerak!” kabi skeptik qarashlar esa, sharhlovchi aytganidek: "Aaaajoyiib, zargarona zarba, lekin noaniq!” bo'lib qolaveradi!O'sha gap, 5 kara 5=25! Paks!Furqat Qurbonov
Stephan_El_Shaarawy
18-Oktyabr 2019,09:13
18-Oktyabr 2019,09:13
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Xabarlar (1)
Bo'limlar
Muloqot (288/+0)
Yangiliklar (30222/+21)
UzFIFA Yangiliklari (24.11.2024)
Futbol TV Yangiliklari (24.11.2024)
ONLINE TV (47) LIVE
Forum (20 / 165)
So'ngi izohlar (9690/ +0)
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1660)
Eng ko'p o'qilgan
19-Noyabr
06:30
Niko Uilyamsni "Barselona"ga o'tkazish bo'yicha kelishuvdagi asosiy to'siq ma'lum bo'ldi
O'qildi: 51 - Fikirlar: 0
O'qildi: 51 - Fikirlar: 0
18-Noyabr
18:10
21-Noyabr
17:30
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)