Nevill: "Saloh "Real" yoki "Barselona"da o'ynashni xohlaydi"

"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Gari Nevill "Liverpul" vingeri Muhammad Salohning ispan grandlaridan biriga o'tishni xohlayotganini takidladi:
"Menimcha, "Liverpul" muxlislari Salohga nisbatan sadoqat va muhabbatlarini to'liq namoyish qilmaydilar. Ular misrlik futbolchining " Real"da o'ynashni xohlashi yoki " Barselona"ga o'tish haqida o'ylayotganini bilishadi. Bu Salohni tanqid qilish emas. Men Devid Bekxem, Rud Van Nistelroy va Krishtianu Ronaldu bilan o'ynaganman. Ular "Oltin to'p"ni yutish, doimiy diqqat markazida bo'lishni xohlaganlari tufayli " Real"ga o'tishgandi.
O'ylashimcha, Mersisayd klubi ishqibozlari Salohda ham shunday xohish borligini bilishadi. U qachondir shunday qiladi. Ishonamanki, Muhammad oxir-oqibat "Liverpul"ni faoliyatida tramplin vazifasini o'tab bergani bilan xotirlaydi. U yuqori cho'qqilarni zabt etishni xohlamoqda. Ochiqchasiga aytadigan bo'lsam, aksar futbolchilar uchun " Real" va " Barselona" eng yuqori cho'qqi hisoblanadi".
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Xabarlar (1)
Bo'limlar
Muloqot (315/+0)
Yangiliklar (35803/+7)
UzFIFA Yangiliklari (28.12.2025)
Futbol TV Yangiliklari (28.12.2025)
ONLINE TV (47) LIVE
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1825)
Eng ko'p o'qilgan
24-Dekabr
13:30
27-Dekabr
15:40
26-Dekabr
20:30
“Real” Negreyra ishi sabab “Barselona”dan katta miqdorda kompensatsiya talab qilmoqchi
O'qildi: 62239 - Fikirlar: 0
O'qildi: 62239 - Fikirlar: 0
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)





385