Musobaqalarni o'tkazish qo'mitasi La liganing 10-turida bo'lib o'tishi kerak bo'lgan «Barselona» – «Real» o'yini yangi muddati borasida bir qarorga kela olmayapti.Klublar bu borada 21 dekabrga qadar o'zaro kelishib olishlari kerak edi. Avvalroq «Barselona» ham, «Real» ham 18 dekabr, chorshanba kuni o'ynash istagini bildirgan edi. Ammo La liga rahbariyati bunga qarshi chiqdi va "el-klasiko"ni 4 dekabrga belgilash taklifi bilan Ispaniya qirollik futbol federatsiyasiga maktub yo'lladi.Shundan so'ng musobaqalarni o'tkazish qo'mitasi «Barsa» va «Real»ga murojaat qilib, yangi sana bo'yicha klublarning fikrini so'radi. Jamoalar bu borada o'z takliflarini 22 oktyabr, seshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:00ga qadar berishlari kerak. Shundan so'ng qo'mita yig'ilish o'tkazadi, tushgan takliflarni o'rganadi va yangi sanani belgilaydi.Eslatib o'tamiz, Kataloniyadagi norozilik aktsiyalari tufayli 26 oktyabrda o'tkazilishi kerak bo'lgan mazkur bahs boshqa muddatga qoldirilgan edi.
22-Oktyabr 2019,07:00
O'qildi: 55 - Fikirlar: 0