Turkiyada darvozabon 11-soniyadayoq maydondan chetlatildi
Turkiya chempionatining 8-turida «Konyaspor» va «Yeni Malatyaspor» uchrashuvi g‘alati epizod bilan boshlandi.
O‘yinning ilk soniyalaridayoq mehmonlar jamoasi futbolchisi raqib jarima maydoni tomon uzun uzatma yo‘lladi. Mezbonlar darvozaboni Serkan Kirintili o‘z darvozasi hududini tark etib, to‘pni egallab olishga harakat qildi, ammo u to‘p trayektoriyasini to‘g‘ri hisoblay olmadi. Jarima maydoni tashqarisiga yugurib chiqqan darvozabon to‘pni qoidalarga ko‘ra to‘xtatib qololmasligini anglaganidan keyin jamoasini goldan qutqarish uchun to‘pni qo‘li bilan ushlab oldi. O‘zini qanday jazo kutayotganini oldindan bilgan darvozabon hakam unga qizil kartochka ko‘rsatishidan oldin qo‘lqoplarini yechib kiyim almashtirish xonasiga yo‘l oldi. Hakam uning ortidan qizil kartochka ko‘rsatdi.
O‘yinning ilk daqiqasidanoq bir kishi kam bo‘lib qolgan «Konyaspor» o‘yin davomida ikki gol o‘tkazib yubordi va 0:2 hisobida yutqazdi.
Stephan_El_Shaarawy
22-Oktyabr 2019,21:25
22-Oktyabr 2019,21:25
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Xabarlar (3)
R
Bo'limlar
Muloqot (288/+0)
Yangiliklar (30223/+13)
UzFIFA Yangiliklari (25.11.2024)
Futbol TV Yangiliklari (25.11.2024)
ONLINE TV (47) LIVE
Forum (20 / 165)
So'ngi izohlar (9690/ +0)
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1660)
Eng ko'p o'qilgan
19-Noyabr
06:30
Niko Uilyamsni "Barselona"ga o'tkazish bo'yicha kelishuvdagi asosiy to'siq ma'lum bo'ldi
O'qildi: 55 - Fikirlar: 0
O'qildi: 55 - Fikirlar: 0
18-Noyabr
18:10
21-Noyabr
17:30
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)