Kievning "Dinamo" klubi bosh murabbiyi Mircha Luchesku Chempionlar ligasi guruh bosqichi 4-turi doirasida "Barselona"ga qarshi bo'ladigan o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi."Biz g'alaba qozonishni istaymiz. Turli falsafa va g'oyaga ega bo'lgan klublar to'qnash keladi. Biz uchun g'alaba juda muhim. Ertaga "Barsa"ni mag'lub etishni istaymiz. Ammo buni xohlash boshqa, g'alaba qozonish — boshqa."Barselona" — bu "Barselona". Messining borligi jamoaga ustunlik beradi, ammo uning yo'qligi klubga foyda berishi mumkin. Chunki, raqibimiz himoyada sifatliroq o'ynaydi.2004 yilni yaxshi eslayman. O'shanda Messi Chempionlar ligasi debyut qilgan bo'lsa, biz g'alaba qozongan edik. "Shaxtyor" uchun o'sha g'alaba muvaffaqiyat sari tashlangan ilk qadam bo'lgandi. "Dinamo" Chempionlar ligasining guruh bosqichida o'ynamayotganiga ancha bo'lgandi. Men bu o'yinga "Dinamo"ning rivojlanishi uchun turtki sifatida qarayapman", - dedi Luchesku.
23-Noyabr 2020,21:40
O'qildi: 51 - Fikirlar: 0