Ispaniya La Ligasi «Barselona» — «Real» bahsining 18 dekabrga belgilanganiga norozi bo'lmoqda. Bu haqda As nashri xabar tarqatdi."El-klasiko"ni ushbu sanaga Ispaniya futbol federatsiyasi belgilagan edi. Liga rahbariyati esa sudga murojaat qilib, ushbu qarorning bekor qilinishiga erishmoqchi. La liga fikricha, "klasiko" 4 dekabr kuni o'tkazilsa, tijoriy tomondan ko'proq foyda keltiradi va 18 dekabr kuni bo'ladigan Ispaniya kubogi o'yinlarining mavqeiga ta'sir qilmaydi. Shuning uchun La liga Ispaniya sport qo'mitasiga apellyatsiya kiritmoqchi. Eslatib o'tamiz, Ispaniya Oliy sudi tomonidan Kataloniya mamlakati rahbarlariga nisbatan chiqarilgan qaror yuzasidan norozilik aktsiyasi bo'lib o'tayotgani bois, xavfsizlik nuqtai nazaridan, 26 oktyabr kuni o'tkazilishi kerak bo'lgan "el-klasiko" keyinroqqa qoldirilgan edi.
23-Oktyabr 2019,21:40
O'qildi: 55 - Fikirlar: 0