Lionel Messi: “Menda «Barselona» tark etish niyati hech qachon bo'lmagan”
Kataloniyaning «Barselona» klubi sardori Lionel Messi jamoasini almashtirish niyatida emasligini ta'qidlab o'tdi.
— Bu erdan ketishni xohlamayman. «Barselona»ni tark etish fikri hech qachon bo'lmgaan. To'g'ri, Argentinaning «Nyuells Old Boyz» klubida o'ynashni orzu qilaman, lekin bu orzu xolos. Biroq, men bu o'tish amalga oshadi deb o'ylamayman. Mening oilam bor, mening xohishimdan ko'ra, ularning istaklari muhimroq men uchun, — Messining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda TyC Sport.