Rivaldo:"Bartomeu shunchaki OAVni klubidagi muammolardan chalg'itmoqchi"
"Barselona" sobiq futbolchisi Rivaldo Kataloniya klubi rahbariyatining La Ligadagi hakamlikdan norozi bo‘layotgani haqidagi gaplarga munosabat bildirib, klub prezidentini tanqid qildi.
-"To‘g‘ri, ba’zida o‘yindagi hakamlar xatosi yoki VARning qaroridan norozi bo‘lish mumkindir, biroq men "Barsa" prezidenti Jozep Bartomeuning go‘yoki, hakamlar "Real"ga ochiqchasiga yon bosayotgani haqidagi gap-so‘zlariga qo‘shilmayman. U shunchaki OAVni chalg‘itib, o‘z klubidagi haqiqiy muammolarni e’tibordan yashirishga intilmoqda."
-""Barselona" La Ligada chempionlik uchun kurashayotgan, Chempionlar ligasida ham sovrinni qo‘lga kiritish uchun imkoniyatni saqlab qolgan bo‘lsa-da, hozirgi davrni klub tarixidagi muvaffaqiyatli davr deya olmayman. Bartomeu VAR va hakamlik haqidagi mavzularni bot-bot takrorlash orqali, muxlislar oldida o‘zini oqlash va hozirgi muammolar aynan uning yoki murabbiy va futbolchilarning aybi tufayli paydo bo‘lib qolmaganligini ko‘rsatishga urinmoqda."
-"Shaxsiy fikrimcha, "Barsa"ning muammosi - VAR yoki hakamlarning qaysidir xatosi emas. Asosiy muammo shundaki, jamoa o‘z o‘yinini yaxshilashi zarur. Butun dunyo bu jamoani qaysi uslubda ko‘rishga o‘rgangan bo‘lsa, o‘sha o‘yinni ko‘rsatish kerak, xolos",– deydi Rivaldo BetFair’ga bergan intervyusida.
Manba: Betfair

O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Xabarlar (2)
Bo'limlar
Muloqot (297/+0)
Yangiliklar (32254/+15)
UzFIFA Yangiliklari (08.04.2025)
Futbol TV Yangiliklari (08.04.2025)
ONLINE TV (47) LIVE
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1745)
Eng ko'p o'qilgan
4-Aprel
17:10
09:00
16:50
"Real" futbolchilari: "Barsa" bilan o'yinda 60-daqiqagacha chidasak bo'ldi!
O'qildi: 125 - Fikirlar: 0
O'qildi: 125 - Fikirlar: 0
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)