Har uch kunda deyarli bitta tarkib bilan o'yin o'tkazayotgan «Barselona» 36-tur doirasida «Valyadolid» mehmoni bo'lib, qiyin g'alabani qo'lga kiritdi.Kataloniyaliklar bahsning 15-daqiqasidayoq hisobni ochishdi. Messining uzatmasidan keyin Arturo Vidal raqib jarima maydoni ichida to'pni qabul qildi va zarba berdi. To'p olis ustunga tegib, to'rga borib tushdi.Seten shogirdlari tanaffusga qadar hisobdagi farqni oshirishlari mumkin edi. Ammo futbolchilar yaratilgan vaziyatlardan foydalana olishmadi.Ikkinchi bo'limda «Valyadolid» faollikni oshirgan bo'lsa, mehmonlar ko'pchilik bo'lib himoyalanishdi. «Barselona» kichik hisobdagi g'alabani ushlab qoldi va o'z hisobiga 3 ochko yozib qo'ydi.Endi "Barsa" va peshqadam "Real" o'rtasidagi farq 1 ochkoni tashkil etmoqda. Ispaniya La ligasi, 36-turValyadolid – Barselona 0:1 (0:1)Gol: 0:1 – 15 Vidal. Valyadolid – Masip, Raul Garsiya (Nacho Martines, 25), Moyyano, Sanches, Xoakin Fernandes (Ervias, 46), Alkaras (Unal, 46), San-Emeterio, Kike Peres, Olivas, Gvardiola (Sandro Ramires, 61), Plano (Valdo Rubio, 80).Barselona – ter Stegen, Alba, Semedu, Pike, Serdji Roberto, Puch (Rakitich, 57), Vidal, Buskets (Firpo, 74), Langle (Arauxo, 57), Messi, Grizmann (Suares, 46).Ogohlantirishlar: Langle (40), Alkaras (45), Kike Peres (65), Alba (78).
11-Iyul 2020,00:40
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0