Messi La liga tarixida bunday natija qayd etgan ilk futbolchiga aylandi


Ispaniya chempionatining 36-turi doirasida «Barselona» safarda «Valyadolid» mehmoni bo‘lib, kichik hisobda g‘alaba qozondi.
Kataloniyaliklar uchrashuvdagi yagona golni 15-daqiqada urishdi. Messining uzatmasidan keyin Arturo Vidal raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Bu golli uzatma argentinalik futbolchi uchun La liganing joriy mavsumidagi yigirmanchisi bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Messi 22ta gol bilan Primero to‘purarlari poygasida peshqadamlik qilmoqda.
"Squawka" tarqatgan xabarga ko‘ra, Messi bir mavsumda kamida 20ta gol urgan va kamida 20ta golga assistentlik qilgan La liga tarixidagi ilk futbolchiga aylandi.
Agar Yevropa top-5 chempionatlari (APL, La Liga, A Seriya, Bundesliga, Liga 1)ni olib qaraydigan bo‘lsa, 21-asrda faqatgina Tyerri Anri shunday natijani qayd etgan. Fransiyalik futbolchi 2002/03 yilgi mavsumda «Arsenal» safida 24ta gol urib, 20ta golga uzatma bergan.
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Bo'limlar
Muloqot (304/+0)
Yangiliklar (33766/+12)
UzFIFA Yangiliklari (10.07.2025)
Futbol TV Yangiliklari (10.07.2025)
ONLINE TV (47) LIVE
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1792)
Eng ko'p o'qilgan
4-Iyul
16:20
3-Iyul
18:20
5-Iyul
21:50
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)