Evropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) bayonot berib, Evropa chempionlar ligasi 1/8 final bosqichidan o'rin olgan «Barselona» va «Napoli» o'rtasidagi o'yin, avval belgilanganidek, Kataloniyada bo'lib o'tishini tasdiqladi.Ushbu jamoalar o'rtasidagi dastlabki uchrashuv 26 fevral kuni Italiyada bo'lib o'tgan bo'lib, unda 1:1 hisobi qayd etilgan edi. Javob bahsi esa 8 avgust kuni «Kamp Nou» stadionida bo'lib o'tadi. Avvalroq matbuotda Ispaniyada koronavirus tarqalishi avj olgani uchun mazkur bahs Portugaliyaga ko'chirilishi mumkinligi haqida xabar tarqatilgan edi. «Uchrashuv rejalashtirilganidek, Barselonada o'tishi kerak. Biz vaziyatni kuzatyapmiz va mahalliy hokimiyat vakillari bilan muloqotda bo'lib turibmiz», — deyiladi UEFA bayonotida.
30-Iyul 2020,20:50