«Barselona» prezidenti Jozep Bartomeu yaqin orada «PSJ» hujumchisi Neymarning transferini amalga oshirishning imkoni yo'qligini ma'lum qildi. – Neymarning transferini amalga oshirishning imkoni bormi?– Hozirgi vaziyatda buning imkoni yo'q. Boz ustiga, «PSJ» ham uni sotishni istamaydi. Bunda mantiq bor. Chunki u jahonning eng yaxshi futbolchisi. O'tgan yili uni qo'lga kiritishga urindik, ammo bu safar bunday qilmaymiz. Klub mart-iyun oylari 200 million evro yo'qotdi. 2020/21 yilgi mavsumda biz 1,1 mlrd evro ishlab topmoqchi edik, ammo endi prognozimiz 30 foizga kamaydi. Agar vaziyat yaxshilanmasa — stadion, muzey va do'konlarga odamlar kelmasa, biz bundan keyin ham daromadlarni yo'qotishda davom etamiz. Ushbu vaziyat rejalarimizni qayta ko'rib chiqishga majbur qiladi. Biz bunga moslashishimiz kerak.–«Barsa» Lautaro Martinesni xarid qiladimi?– Klub so'nggi bir necha hafta ichida «Inter» bilan Lautaro borasida muzokara olib bordi, ammo hozirda jarayon ikki tomonning kelishuvi asosida to'xtatildi. Yuzaga kelgan vaziyat tufayli yirik xaridlarni amalga oshirishning imkoni yo'q.
2-Avgust 2020,19:10