Tarkibida Messi bo'lgan jamoani, qanday muammolar girdobida qolmasin, hatto o'sha muammolarning sababchisi Messining o'zi bo'lgan taqdirda ham — biror raqibga qarshi "aniq yutqazadi" deb taxmin qilib bo'lmaydi. Hatto o'sha raqib "Bavariya" bo'lsa ham.Messi xuddi "Napoli" bilan yoki "Liverpul" bilan o'tgan yili "Kamp Nou"da, yoki shu "Bavariya" bilan bir necha yil oldin bo'lganidek, bir nechta epizodni o'z foydasiga hal qilishi mumkin. Uyog'iga "Barselona" eplaydi."Bavariya"ning bugungi muvozanatli tarkibi, pressingi, to'p nazorat qilishi, bir qator iqtidorli yoshlari, to'purar Levandovskisi, ajoyib kayfiyati, bir necha yillik orzusiga qarshi bugungi "Barselona" faqat bir faktorni qo'ya oladi - Messini. Boshqa jabhalarda kataloniyaliklar kuchsiz. Faqatgina Messi o'zining eng yuqori darajasini namoyish qilsagina, menimcha, "Barselona"da imkoniyat paydo bo'ladi. Albatta, bir o'yinchi bir jamoa o'yinini tubdan yaxshilay olmaydi. Ammo o'sha o'yinchi jamoaning g'alaba uchun imkoniyatlarini bir necha barobar oshira oladi. Demak, bugungi chorak final o'yinida kim yaxshiroq o'ynashi, kim ko'proq hujum qilib, vaziyat yaratishi aniq — "Bavariya".Ammo kim yutishi ma'lum emas.Qahramon Aslanov.
14-Avgust 2020,12:40
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0