"Bavariya" himoyachisi Alfonso Devis "Barselona"ga qarshi o'yinni intizorlik bilan kutmoqda. Devis o'zining eng yaxshi jihatlarini namoyish etishga umid qilmoqda.
"Bolaligimdan men uning o'yinlarini doimiy ravishda tomosha qilardim va endi unga qarshi himoyalanishim kerak. Bu butunlay o'zgacha hikoya bo'ladi. Menga kelsak, men shunchaki o'z o'yinimni ko'rsatishga harakat qilaman, hech narsani o'zgartirmayman. Umid qilamanki, men unga qarshi eng yaxshi jihatlarimni namoyish qila olaman. Messi buyuk o'yinchi ekanligini hamma biladi, buni hech kim undan tortib ololmaydi, shuning uchun siz qila oladigan yagona narsa imkon qadar yaxshi o'ynashga urinishingizdir.
Bu aql bovar qilmaydigan o'yin bo'ladi. Faqatgina maydonga tushishni sabrsizlik bilan kutyapman, deb ayta olaman. Ushbu uchrashuvni barcha intizorlik bilan kutayotganiga aminman " - dedi Devis.
Eslatib o'tamiz "Barselona" - "Bavariya" uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan saot 00.00da boshlanadi.
14-Avgust 2020,16:40