«Barselona» rahbariyati bosh murabbiy Kike Setenni iste'foga chiqarmoqchi. Shu bois, jamoa yangi murabbiy qidira boshladi.ESPN tarqatgan xabarga ko'ra, jamoa Maurisio Pochettino, Ronald Kuman va Xavidan birini bosh murabbiylikka tayinlamoqchi."Ko'k-anorranglilar" rahbariyatining fikricha, Seten mavsumni to'la boy berdi. Chunki u o'yinchilar orasida etarlicha obro'ga ega bo'lmadi. Shuning uchun "Barsa" reytingi yuqori mutaxassis bilan shartnoma imzolamoqchi."Cadena Ser Catalunya" jurnalisti Sike Rodriges tarqatgan xabarga ko'ra, «Barselona» bosh murabbiyi Xosep Bartomeu ushbu haftada Pochettino bilan birga tushlik qilib, ish borasida gaplashgan. Uchrashuvda, shuningdek, klub sport direktori Erik Abidalning yordamchisi Ramon Planes ham bor edi.
15-Avgust 2020,12:00
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0