«Barselona» hujumchisi Luis Suares yozda jamoani tark etishi mumkin. Kataloniyaning RAC1 radiostantsiyasi tarqatgan xabarga ko'ra, «Barsa» yangi bosh murabbiyi Ronald Kuman bugun ertalab urugvaylik futbolchiga qo'ng'iroq qilgan hamda yangi mavsumda uni o'z rejalariga kiritmayotganini ma'lum qilgan. Shuningdek, klub rahbariyatiga Suaresga yig'inlarning boshlanish sanasi haqida ma'lumot bermagan.«Barselona» huquqshunoslari tez orada hujumchi bilan shartnomani bekor qilish maqsadida uning agentlari bilan uchrashishi kutilmoqda. Eslatib o'tamiz, Suaresning "ko'k-anorranglilar" bilan shartnomasi 2021 yilda yakuniga etadi.Avvalroq futbolchi «Ayaks»ga qaytishi mumkinligi haqida ma'lumot tarqatilgan edi.Suares 2014 yildan beri «Barselona» sharafini himoya qilib kelmoqda. Iyul oyida u kataloniyaliklar safidagi 195-golini urib, klub tarixidagi to'purarlar ro'yxatida 3-o'ringa ko'tarilib oldi.Luis La liganing joriy mavsumida 28ta uchrashuvda maydonga tushib, 16ta gol urdi va 8ta golga uzatma berdi.
24-Avgust 2020,16:50