«Barselona» vakili Xosep Mariya Mingella hujumchi Lionel Messining shartnomasida belgilangan kelishuvni muddatidan avval bekor qilish haqidagi bandga tushuntirish berib o'tdi. Shartnomada, agar argentinalik futbolchi 10 iyunga qadar jamoadan ketishni ma'lum qilishsa, klubni bepul tark etish huquqiga egaligi belgilab qo'yilgan.«Ba'zilar mavsumning to'xtatib qo'yilgani shartnomaning yakunlanish sanasiga o'zgartirish kiritishi mumkinligini taxmin qilishdi. Menga ma'lum bo'lishicha, shartnoma to'laligicha o'z kuchida qoladi, sanalarda o'zgarish bo'lmadi. Shu paytgacha ikki tomonning huquqshunoslari o'zaro aloqa o'rnatishdi. Hozircha Messining jamoasi vaziyatga to'liq baho bera olmayapti.Shartnomadagi bunday band borligi boshqa jamoaning o'yinchini erkin agent sifatida qo'lga kiritish imkonini bermaydi. Vaqti kelib huquqiy muammo yuzaga chiqadi. Natijada Messini qo'lga kiritgan jamoa pul to'lishi kerak bo'ladi. Bu summa 1 evrodan 700 million evrogacha bo'lishi mumkin. Agar mojaro yuzaga kelsa, FIFA futbolchining yangi jamoaga o'tishi imkon berishi mumkin, ammo «Barselona» ikkita klub bilan shartnomaga ega bo'lgan o'yinchiga nisbatan shikoyat kiritish imkoniyatiga ega bo'ladi», — dedi Mingella "Marca" nashriga bergan intervyusida.
29-Avgust 2020,14:50