La liga prezidenti Xaver Tebas «Barselona» hujumchisi Lionel Messi bilan yuz bergan voqea haqida o'z fikrini bildirib o'tdi. Eslatib o'tamiz, argentinalik futbolchi jamoani erkin agent sifatida tark etmoqchi bo'lgan bo'lsa, "ko'k-anorranglilar" 700 million evro miqdoridagi tovon puli amalda ekaniga tayanib, Leoni qo'yib yubormadi.«Men Messi bilan jang qilmadim. Men Ispaniya chempionatining har qanday futbolchisiga nisbatan shunday yo'l tutgan bo'lardim. Qonuniylik va adolatni himoya qilish — Liga sifatida bizning burchimiz. Sening isming Messimi yoki Pepito Peres — shartnomalarni hurmat qilishing kerak. Shaxsan men Messi va uning atrofidagilar bilan jang qilinmadi, deb hisoblayman. Leoga nisbatan mehrim o'zgacha, uni yaxshi ko'raman. U futbolimizning so'nggi 20 yildagi tarixi. Axir u bilan jang qilib bo'ladimi? Ta'kidlayman: men shunchaki shartnomalarga amal qilinishini istadim. Messi ishi matbuotda shov-shuvga aylanib ketdi.Uning huquqshunoslari aksini aytishayotgan bo'lsa-da, uning shartnomasi shaffof tuzilgan. Shartnomadagi bandning noto'g'ri talqin qilinishi xatolikka olib keldi. Yakunda esa Messi huquqiy ziddiyatlarga bormasdan o'z jamoasida o'ynashda davom etishga qaror qilgani quvonch bag'ishlaydi», — dedi Tebas.
7-Sentyabr 2020,18:20
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0