Kataloniyaning "Barselona" klubi yangi bosh murabbiyi Ronald Kuman birinchi ish haftasiga baho berdi.
"Hozircha hammasi ijobiy. Ortda qolgan haftalarda futbolchilar yaxshi ishlashdi. Mashg'ulotlarning birinchi haftasini asosiy jismoniy tayyorgarlikka qaratdik, hozir esa taktik mashg'ulotlar olib boryapmiz. Futbolchilarda iroda, qiziqish va quvvat paydo bo'ldi. Bu eng asosiysi. Shuningdek, jamoaning ikki haftada olib borgan ishidan qoniqdim.
Bizni bir nechta o'rtoqlik uchrashuvlar va mashg'ulotlar kutib turibdi. Shu tariqa sport formasini yaxshilab olgan holda, La Liga o'yinlariga kirib boramiz", - Kumanning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda "Barselona" rasmiy sayti.
Eslatib o'tamiz, "Barselona" La Ligadagi dastlabki uchrashuvni 27 sentyabr kuni o'tkazadi.
11-Sentyabr 2020,01:10
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0