Angliyaning «Liverpul» klubi futbolchisi Endryu Robertson "Barselona" klubi futbolchisi Lionel Messi haqida iliq fikrlarni bildirdi.
«U «Manchester Siti» tarkibida yanada yuqori saviyaga chiqa olardi. "Siti" kuchli jamoa, lekin Messi bilan yanada kuchli jamoaga aylanardi. Messi – ayni paytda dunyoning eng kuchli futbolchisi. U raqibni ruhiy va jismoniy jihatdan charchatadi. Oldindan nima qaror qabul qilishini aytib bo'lmaydi, doimo turli yo'nalishlarga o'zgarib turadi.
Ba'zi odamlar Messining to'xtatishni yagona yo'li - uning oyoqlariga tepish deb o'ylashadi. Lekin, ishoning, bu uni to'xtatishga yordam bermaydi. U shunchaki himoyachilar bilan kontaktga bormaydi va yugurishda davom etadi. Ajoyib.
Messining me'rosi bebahodir. Messi Maradona va Pelelar birga afsonaga aylanadi. U faoliyatini yakunlagach, mening so'zlarimga amin bo'lasiz», - dedi shotlandiyalik futbolchi.
20-Sentyabr 2020,15:50