«Sevilya» klubi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi «Barselona» klubiga qarshi bo'lib o'tadigan uchrashuvdan oldingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Biz yuqorida bo'lishimiz kerak. Aks holda, «Barselona»ni mag'lub etib bo'lmaydi. «Barselona»da yangi murabbiy va yangi kuchga ega boshqa jamoa. Ular yaxshi natijalar qayd etmoqda.
Ha bir uchrashuv — qilishimiz kerak bo'lgan barcha ishlarni ko'rsatish uchun imkoniyat. Biz avvalgi «Barselona»ni mag'lub etganmiz. Shuning uchun, biz o'sha uchrashuvdagi eng yaxshi narsalarni olishga va bo'lajak uchrashuvdan ana shulardan foydalanishga harakat qilamiz.
«Sevilya» tarkibi Monchiga bog'liq ekanligini allaqachon aytganman. Men qanday futbolchilarni xohlashimni biladi va bizning pozitsiyamizga qanday futbolchi mos tushishini yaxshi tushunadi. Men faqat mashg'ulotlarga kelgan futbolchilarga e'tibor qarataman», — dedi Lopetegi.
4-Oktyabr 2020,14:00