Ispaniya chempionatining 5-turi doirasida «Barselona» o'z uyida «Sevilya»ni qabul qilib, mavsumda ilk ochkolarini yo'qotdi. "Kamp Nou"dagi uchrashuvning 8-daqiqasida andalusiyaliklar Lyuk de Yongning goli evaziga hisobni ochishdi. Oradan atigi 2 daqiqa o'tib esa Filippe Koutino muvozanatni tikladi. Ikkinchi bo'limda Grizmanning zarbasini Yassin Bunu qaytargan bo'lsa, taym o'rtalarida to'p Neto qo'riqlayotgan darvoza ustuniga tegib qaytdi.O'yin oxirlarida "Barsa" maydonga tushirilgan yangi kuchlar — Trinkau, Dest, Pedri bir nechta xavfli hujumlar tashkil qildi. "Sevilya" darvozaboni yaxshi harakat qilgani bois, jamoa Kataloniyadan bir ochko bilan qaytadigan bo'ldi. Shu tariqa, Ronald Kuman boshqaruvidagi «Barsa» La liganing joriy mavsumida ilk marta ochko yo'qotdi. Shuningdek, «Sevilya» ham dastlabki 2ta g'alabadan keyin ilk marta durang o'ynadi.Ispaniya chempionati, 5-turBarselona – Sevilya 1:1 (1:1, 0:0)Gollar: 0:1 – 8 de Yong, 1:1 – 10 Koutino. Barselona – Neto, Serdji Roberto, Pike, Arauxo, Alba (Dest, 75), Buskets, Koutino (Pyanich, 75), de Yong, Fati (Pedri, 61), Messi, Grizmann (Trinkau, 61).Sevilya – Bunu, Navas, Kunde, Diego Karlos, Akunya, Jordan (Oliver Torres, 85), Fernando, Suso (Munir, 61), Rakitich (Gudel, 78), Okampos (En-Nesiri, 61), de Yong (Fernandes, 84).Ogohlantirishlar: Pyanich (77), Gudel (87).
4-Oktyabr 2020,02:20
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0